Buyuk Xitoy devori

  • 0
  • 0
Ta‘rif

Buyuk xitoy devori Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qal’a devori. Qadim Xitoy me’morligining ulkan yodgorligi. Qal’a devori sifatida dastlabki kismi mil. av. 4—3-a.larda (tosh va g‘ishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan to‘ddirib, shibbalab) qurilgan. Mil. av. 2— 1-a.larda G‘arbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-a.lar) davom etgan. 1953 y.da Szyuyyunguan qal’asi (Pekin) yaqinidagi qismi ta’mirlangan. Buyuk xitoy devori Szyuyyunguan qal’asi (Gansu viloyatining g‘arbi) va Shanxayguan (Lyaodun ko‘rfazi qirg‘og‘i) qal’aqo‘rg‘oni oralig‘ida cho‘zilgan; ko‘tarilish joylari va tarmoqlari bilan uz. 5000 km ga yaqin (to‘liq saqlanmagan). Xitoy arxeolog olimlarining 2001 y.dagi i.t.lariga ko‘ra, Xitoyning jan.g‘arbidagi sun’iy tepalik ham Buyuk xitoy devoriga daxldorligi — uning davomi ekanligi anikdandi. Bu bilan Buyuk xitoy devorining umumiy uz. 530 km ga ko‘paydi. B.X.d.ning bal.— 6,6 m (shinaklarining devorlari bilan 8—10 m gacha), kengligi — asosida 6,5 m dan yuqorisida 5 m gacha. Har bir necha yuz metrda soqchilar uchun to‘rtburchakli burjlar (bal. 10—12 m) qurilgan, har 10 km da kuzatish va xabar berish uchun minoralari, tog‘dagi muhim o‘tish joylarida mustahkam qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Buyuk xitoy devori me’moriy yodgorlik sifatida saqlanadi.

Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida Buyuk xitoy devori «Saddi Chin» devori nomi bilan tilga olingan.

Расположение на карте


Izohlar