Kolizey

  • 0
  • 0
Ta‘rif

Kolizey Italiya poytaxti Rimning markazida joylashgan elliptik amfiteatrdir. Kolizey Rim Imperiyasi paytida (milodiy 72-80-yillarda), imperator Vespasian, keyin esa Tit Flaviy tomonidan qurdirilgan. Rim meʼmorchiligi va muhandisligi namunasi hisoblanadi. Zilzila va qaroqchilik tufayli koʻp qismi buzilib ketgan.

Kolizey, Kolossey (lot. colosscus — ulkan) — Qad. Rimdagi meʼmoriy yodgorlik (mil. 75—80 y.lar). Imperator Tit qurdirgan. Keyinchalik Flaviy amfiteatr" nomi bilan mashhur boʻlgan. Kolizey bal. 57 m, tarhi ellips shaklida (524 m). 4 qatlamli oʻrindiqqa 50 ming tomoshabin joylashgan. Sahna tagida hayvonlar qafasi, omborxona boʻlgan. Imperator oʻrindigʻi sahna bilan teng (bal. 3,5 m) boʻlgan. 1-qatlamda imperatorning yaqinlari, 2-qatlamda yuqori tabaqali kishilar, 3 va 4 qat-lamda oddiy xalq oʻtirgan. Oʻrindiklar toshdan ishlangan, galereyalarining konstruksiyalari beton va gʻisht bilan mustahkamlangan. Kolizeyning ulugʻvor old tomoni 4 qavatli, har biri 80 ta ravoqlar qatori bilan jozibador ishlangan, pastki qismidan tomoshabinlar kirish va chiqishda foydalanganlar. Kolizey markazidagi sahnada bayram marosimlari, qurbonlik, gladiatorlar jangi, teatr tomoshalari oʻtkazilgan.

Yunonistonda taxm. mil. av. 300 y.da barpo etilgan Afinadagi Dionis Kolizeyiga 20.000, Epidavr Kolizeyiga 14000, Delfa Kolizeyiga 5000 tomoshabin joylashgan. Kolizeyda 8—9 soatda 3 tragediya va 1 satira asari qoʻyilgan.

Расположение на карте


Izohlar