Oqsaroy

  • 0
  • 0
Ta‘rif

Oqsaroy — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (1380—1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shim.sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir za-monlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. O.ning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shim. de-vor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, bal. 40 m, umumiy bal. 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.

O.ning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. 20 y. davomida qurilgan bu bino toʻgʻrisida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha maʼlumot beradi: "Temur ishga yaroqli boʻlganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga koʻchirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur". Kpavixo saroyni koʻzdan kechirganda (1404, 29 avg .) u hamon qurib bitkazilmagan, baʼzi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, juda hayratlanganligini, uning nihoyatda goʻzalligini yozadi. Saroy qurilishida xo-razmlik ustalar qatori, mahalliy va b. davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2 marta takrorlangan.

Расположение на карте


Izohlar